Koʻp soʻraladigan savollar

CRM, ERP, biznesni avtomatlashtirish, sotuvlarni tizimlashtirish, mijozlar bazasi, ombor hisobi boʻyicha koʻp soʻraluvchi savollarga javoblar

ERP tizimi kimlar uchun kerak?

ERP tizimi biznesi oʻsib borayotgan, ombor, savdo, moliya va xodimlar hisobini qoʻlda yoki Excel orqali yuritayotgan kompaniyalar uchun zarur. Ayniqsa bir nechta boʻlim yoki filial mavjud boʻlsa, ERP muqobil emas.

CRM va ERP oʻrtasidagi asosiy farq nimada?

CRM asosan mijozlar va savdo jarayonlarini boshqaradi. ERP esa savdo bilan birga ombor, moliya, xodimlar va ichki jarayonlarni yagona tizimda boshqaradi. Bitoʻda CRM va ERP birgalikda ishlaydi.

Bito ERP kichik biznes uchun ham mosmi?

Ha. Bito ERP modulli tuzilgan boʻlib, kichik biznes faqat kerakli funksiyalarni ishga tushirib, keyinchalik tizimni kengaytirishi mumkin.

Excel oʻrniga ERP joriy etish qachon kerak boʻladi?

Agar Excel’da xatolar koʻpaygan boʻlsa, hisobotlar kechikayotgan boʻlsa va rahbariyat real vaqt nazoratini yoʻqotgan boʻlsa ERP’ga oʻtish vaqti kelgan boʻladi.

Ombor hisobi ERP bilan osonlashadimi?

ERP’da barcha kirim-chiqimlar avtomatik qayd etiladi, real qoldiq har doim koʻrinib turadi va inson omiliga bogʻliq xatolar deyarli yoʻqoladi.

Sotuvlarni tizimlashtirish nima degani?

Bu har bir sotuvni qayd etish, savdo kanallarini nazorat qilish, menejerlar faoliyatini baholash va savdo boʻyicha aniq hisobotlarga ega boʻlishni anglatadi.

Mijozlar bazasi ERP’da qanday saqlanadi?

Barcha mijoz ma’lumotlari yagona bazada saqlanadi. Muloqotlar tarixi, sotuvlar va kelishuvlar yoʻqolmaydi va xodim almashsa ham baza saqlanib qoladi.

Bito ERP’ni joriy etish qancha vaqt oladi?

Bu kompaniya hajmiga bogʻliq. Keling bu haqida batafsil gaplashamiz: +998 55 511 37 00

ERP joriy etish qimmat emasmi?

ERP xarajat emas, investitsiya hisoblanadi. Bito ERP notoʻgʻri hisob-kitob, yoʻqotishlar va vaqt isrofini kamaytirib, qisqa muddatda oʻzini oqlaydi. Masalan, Bito ERP tariflari oyiga 290 ming soʻmdan boshlanadi.

Bito ERP orqali 2500+ mijozlar biznesini avtomatlashtirib, daromadini oshirishdi

Biz allaqachon qoʻshni Qozogʻiston, Tojikiston davlatlarida faoliyatni yoʻlga qoʻyib, biznesni avtomatlashtirishga yordam berib kelmoqdamiz

Bito ERP ni hoziroq sinab koʻring

12 oylik obuna oling + 3 oy bonus

Bito uchun 12 oylik obuna oling va 3 oylik obuna sizga bonus sifatida qoʻshib beriladi

Bonusni olish

Bepul konsultatsiyaga yozilish

Pastdagi formani toʻldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz

Sayt reCAPTCHA bilan himoyalangan. Google’ning Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari amal qiladi.