Doʻkon va ulgurji savdo uchun kassa, ombor va hisobot — bitta dasturda
Sotuv, qoldiq, mijozlar va foyda bitta tizimda koʻrinadi. Biz oʻrnatamiz, mahsulotlaringizni yuklaymiz va xodimlaringizni oʻrgatamiz.
- 2500+ biznes ishlatadi
- 14 kun bepul sinov
- Qozogʻiston va Tojikistonda ham
Bu holatlar sizga tanishmi?
Koʻp doʻkonlar shu muammolar sababli pul va vaqt yoʻqotadi. Bito ularni bitta tizimda hal qiladi.
- Hozir:
Qoldiq daftar yoki Excelda, omborda aslida nima borligi aniq emas
Bito bilan:Har bir sotuv va kirim qoldiqni yangilaydi — ombor holati doim koʻz oldingizda
- Hozir:
Kassa, ombor va hisob alohida, ma’lumotni qoʻlda koʻchirasiz
Bito bilan:Kassa, ombor va hisobotlar bitta tizimda — hech narsani qayta kiritmaysiz
- Hozir:
Oy oxirigacha qancha foyda qilganingizni bilmaysiz
Bito bilan:Savdo tahlili va moliyaviy hisobotlar har kuni tayyor
- Hozir:
Internet uzilsa, kassada navbat yigʻiladi
Bito bilan:Kompyuter va Android kassa ilovasi internetsiz ishlaydi, aloqa tiklanganda ma’lumot oʻzi yuboriladi
Har bir sotuv roʻyxatda, har bir soʻm hisobotda
Sotuvlar, qaytarishlar va boʻlib toʻlashlar bitta oynada. Kerakli hisobotni bir bosishda ochasiz.
Bito ERP’ning qanday imkoniyatlari bor?
Butun kompaniya ehtiyojlari uchun bitta qulay yechim
Sotuvni nazorat qilish
Kompaniyangizdagi barcha sotuv jarayonlarini avtomatlashtirish va real vaqtda kuzatish imkoniyatini beradi
CRM
CRM orqali mijozlar bilan ishlash tezligi va sifatini oshirasiz, sotuvchilar ishini baholash imkoniyati mavjud
Ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishda xomashyodan tortib tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish va kuzatish
Ta’minot
Ta’minot sohasini toʻliq avtomatlashtirib ehtimoliy natijalar haqida ma’lumot beradi va xavflar haqida ogohlantirib boradi
HR
Xodimlaringiz ish samaradorligini oʻlchash va ularni baholash imkoniyatini beradi
Logistika
Yetkazib berish jarayonlarini toʻliq nazorat qilish va real vaqtda kuzatish imkoniyatini beradi
Analitika
Kompaniyangiz ma’lumotlarini analiz qilish, koʻrsatkichlarni aniq hisoblash va ehtimoliy natijalarni prognoz qilish imkoniyati mavjud
Moliyaviy hisobotlar
Kunlik, haftalik, oylik, yillik moliyaviy hisobotlarni olish ularni tahlil qilish imkoniyati
Ombor
Omborxona ishini toʻliq nazorat qilish, tovarlar holati va soni haqida real vaqtda ma’lumot olish, oldindan ogohlantirish imkoniyati
Markirovka
Biznesingizda har bir tovarni markirovkalash va uni kuzatib borish imkoniyati
Bito ERP kimlar uchun?
quyidagi yoʻnalishlardagi bizneslarni toʻliq avtomatlashtirishga yordam beramiz
Chakana savdo
Chakana savdo yoʻnalishida faoliyat yurituvchi bizneslar
Onlayn savdo
Internet doʻkonlar, marketpleyslar va biznesini onlaynga koʻchirganlar uchun
Nasiya savdo
Nasiya savdoni yoʻlga qoʻygan har qanday bizneslar
Ulgurji savdo
Ulgurji savdo yoʻnalishida faoliyat yurituvchi bizneslar
Distributsiya
Distributsiya yoʻnalishida faoliyat yurituvchi bizneslar
Ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishdagi har bir bosqichni avtomatlashtirmoqchi boʻlganlar
Bito ERP orqali 2500+ mijozlar biznesini avtomatlashtirib, daromadini oshirishdi
Biz allaqachon qoʻshni Qozogʻiston, Tojikiston davlatlarida faoliyatni yoʻlga qoʻyib, biznesni avtomatlashtirishga yordam berib kelmoqdamiz














Mijozlarimiz fikrlari
Bito ERP bizning kompaniyamizni toʻliq oʻzgartirdi, koʻplab jarayonlarni soddalashtirib va avtomatlashtirib berdi. Biz samaradorlik va ma’lumotlarning aniqligi jihatidan yutganmiz, bu esa bozorimizda ishonch bilan rivojlanishimizga yordam beradi.

Bito ERP bizning kompaniyamizni toʻliq oʻzgartirdi, koʻplab jarayonlarni soddalashtirib va avtomatlashtirib berdi. Biz samaradorlik va ma’lumotlarning aniqligi jihatidan yutganmiz.

Bito ERP bizga resurslarimizni boshqarishni sezilarli darajada yaxshilash va jarayonlarni optimallashtirishga yordam berdi. Biz uning ishonchliligini va bizning oʻziga xos talablarimizga moslashish imkoniyatini qadrlaymiz.

Bito ERP bizga kundalik vazifalarni bajarish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga va biznesimizning strategik jihatlariga e’tibor qaratishga yordam berdi. U butun kompaniya ish samaradorligini oshirdi.

Bito ERP bizga operatsiyalarimizning shaffofligini va samaradorligini oshirishga yordam berdi. Endi biz buyurtmalar holatini osongina kuzatib borishimiz, zaxiralarni nazorat qilishimiz va aktual ma’lumotlarga asoslangan tezkor qarorlar qabul qilishimiz mumkin.

Nega aynan Bito ERP?
Biz mijozlarimizga keng imkoniyatlar taqdim etamiz
Istalgan qurilmadan boshqaruv
Bito ERP dan smartfon kompyuter va planshetlar orqali foydalana olasiz
Keng integratsiya imkoniyatlari
Bito bilan koʻplab servislarni integratsiya qilish imkoniyati mavjud
Hoziroq Bito ERP ni demo versiyada sinab koʻring
Demo versiyaOdatda 3 kunda sotuvni boshlaysiz
Hammasini oʻzingiz sozlashingiz shart emas — jamoamiz har qadamda yoningizda.
- 1
Bepul konsultatsiya
Biznesingizni oʻrganamiz, kerakli modullar va tarifni tanlashga yordam beramiz.
- 2
Akkaunt 3–5 daqiqada
Akkaunt ochiladi, doʻkon va kassalar sozlanadi.
- 3
Ma’lumotlarni yuklaymiz
Mahsulot va qoldiqlarni Excel faylidan yuklaymiz, yetkazib beruvchi va mijozlarni kiritamiz.
- 4
Xodimlarni oʻrgatamiz
Joyida yoki masofadan oʻrgatamiz. Savollar uchun sizga alohida Telegram guruh ochiladi.
Oyiga 290 000 soʻmdan
Start, Business va Pro tariflari. Avval 14 kun bepul sinab koʻring, keyin mos tarifni tanlang.
Oldindan toʻlasangiz bonus: 6 oyga +1, 9 oyga +2, 12 oyga +3 oy bepul
Koʻp beriladigan savollar
Internet uzilsa kassa ishlaydimi?
Ha. Kompyuter va Android kassa ilovalari internetsiz ishlayveradi, aloqa tiklanganda ma’lumotlar oʻzi sinxronlanadi. Brauzerdagi web-kassa esa internet bilan ishlaydi.
Ishga tushirish qancha vaqt oladi?
Akkaunt 3–5 daqiqada ochiladi. Ma’lumotlar tayyor boʻlsa, sozlash 1–2 kun oladi; mijozlarimiz odatda 3 kun ichida sotuvni boshlaydi.
Mahsulotlarni qoʻlda kiritishim kerakmi?
Yoʻq. Mahsulot va qoldiqlar roʻyxatini Excel yoki CSV faylidan yuklash mumkin, jamoamiz bunda yordam beradi.
Xodimlarni kim oʻrgatadi?
Bizning mutaxassislar — joyida yoki masofadan. Savollaringiz tez hal boʻlishi uchun har bir mijozga alohida Telegram guruh ochiladi.
Sotib olishdan oldin sinab koʻrsa boʻladimi?
Ha, 14 kun bepul sinov bor. Keyin narxlar oyiga 290 000 soʻmdan boshlanadi.
Bito ERP ni hoziroq sinab koʻring
12 oylik obuna oling + 3 oy bonus
Bito uchun 12 oylik obuna oling va 3 oylik obuna sizga bonus sifatida qoʻshib beriladi
Bonusni olish